"Chimildiq Kechasi" ikkiga bo‘linishi xaqida?!

Allohga hamdu sanolarimiz bo‘lsin! Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sollallohhu alayhi vasallamga salovot va salomlarimiz bo‘lsin! Assalomu Alaykum, Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari...SAVOL: Hammamizga ma‘lumki, urf-odatga ko‘ra nikoh to‘ylardan keyin "chimildiq kechasi" 2 kunga bo‘linadi. Yani, kuyov bola nikoh to‘yi kuni, to‘y marosimidan so‘ng, kelinni yoniga kirishi va bir oz suhbat qurishi, yaqinroq bo‘lishi hamda kelinni "ko‘nglini olishi" kerak. Ertasi kuni esa hamma bilgan KUYOV OSHI marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosimdan so‘ng, kuyov bola masjidlarimizdagi domlani huzuriga kiradi. Shundan so‘ng, VISOLGA ERISHILADI (kelin bilan birinchi yaqinlik amalga oshiriladi). Bu ketma-ketlik holatlari islomiy jihatdan ma‘qulmii? Qur‘onda yoki hadislarimizda biron ko‘rsatma bormi, bu borada? Ilimsizligimiz tufayli berib qo‘yadigan qo‘pol savollarimdan hamda xato so‘zlarim uchun ilm egalaridan uzr so‘riman. Alloh din yo‘lida qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin hamda Siz bilan bizni suxbatlarimizni etib borib, etib kelishida hizmat qilayotgan Abu Muslimga ham Allohni behisob ajr-mukofotlari bo‘lsin. Assalomu Alaykum va rahmatullohi va barakotuhu...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- “Baxtiyor oila” kitobini o‘qing.

21 Апрел 2022, 07:36 | Савол-жавоблар | 179 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar