Qunut duosi
Allohumma inna nastaʼinuka va nastagʻfiruk. Vanu’minu bika va natavakalu 'alayka va nusniy 'alaykal xoyr. Kullahu nashkuruka va la nakfuruk. Va naxlaʼu va natruku may-yafjuruk. Allohumma iyyaka naʼbudu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’a va nahfidu narju rohmatak(a). Va naxsha 'azabaka inna 'azabaka bil kuffari mulhiq.
Maʼnosi: Allohim! Biz Sendan yordam istaymiz, gunohlarimizni afu etishingni soʻraymiz. Allohim! Senga imon keltiramiz, ishlarimizda Senga suyanamiz va Senga tavakkal qilamiz. Va Senga hamd aytamiz. Butun yaxshiliklar Sendandir. Bizlarga berganing shuncha neʼmatlar tufayli Senga shukrona aytamiz va nonkoʻrlik qilmaymiz. Senga qarshi nonkoʻrlik qilgan gunohkorlardan ayrilamiz, ular bilan aloqani uzamiz. Allohim! Biz yolgʻiz Sengagina qullik qilamiz, namozni Sen uchungina oʻqiymiz. Sengagina sajda qilamiz. Sengagina intilamiz. Ibodatni xushu'-kamtarlik bilan ado etamiz. Rahmating koʻp boʻlishini soʻraymiz, azobingdan qoʻrqamiz. Hech shubha yoʻqki, Sening azobing kofirlargadir.
Vitr namozida Qunut duosini oʼqish vojib, ammo qaysi bir duoni oʼqisa ham vojibni bajargan boʼladi. Namoz oʼquvchi Vitr namozini maxfiy qiroat bilan yolgʼiz oʼqiydi. Ramazon oyida esa tarovihdan keyin jamoat bilan oʼqiydi. Unda imom vitr namozining barcha rakʼatida jahriy qiroat qiladi. Qunut duosini esa maxfiy oʼqiydi.
28 Dekabr 2022, 16:19 | Duolar | 44