Islomda raqobatchi firmalarga munosabat

Assalomu alaykum hurmatli Ustoz. Sog‘-omonmisiz? Oila-a‘zolaringiz yaxshimilar?Ustoz, men bisnes sohasida ta‘lim olaman. Barchaga ma‘lumki hozirgi kunda globollashuv natijasida firmalar juda ham ko‘payib ketdi. Shuning uchun ayni paytda raqobatchilarga qarshi turli hil usullar qo‘llaniladi. Hususan, hozirda biz o‘qiyotgan firmalarning strategiyasi haqidagi fanda bu kabi usullar anchagina (afsuski, biz hozir g‘arbiy fikrlardan kelib chiqqan usullarni o‘rganamiz). Albatta, bu usullarni o‘rganib musilmon bo‘lmaganlar uchun qo‘llasa bo‘ladi, Vallohi A‘lam. Ammo musulmonlargachi? Musulmon va musulmon o‘rtasidagi raqobatchilik qanday bo‘lishi kerak? Mana shunday startegiyalarni qo‘llasa bo‘ladimi (Masalan, yangi kirib kelgan firmalarni narx siyosati bilan chiqarib tashlash, tezda yangiliklar kiritib ularga imkon bermaslik kabi...). Javobingiz uchun oldindan tashakkur. :)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu kabi o‘zgalarga zararni ravo ko‘radigan ishlarni qilishga shariatda yo‘l yo‘q. Yaxshilikka musobaqa qilish bor. Har kim halol yo‘l bilan mijozlarga xizmat qilish orqali ishni olib borishi kerak.

3 May 2022, 15:44 | Savol-javoblar | 158 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar