Bavl va namoz

Assalomu alaykum! Quyidagi linkdagi savol javobda avratni shamollashligi yanada kuchayib ketishligidan qo‘rqib uni yuvishni tark etishlik haqida aytilgan https://savollar.islom.uz/s/153796 Menda ham shunga o‘xshash holat, hojatdan so‘ng qog‘oz qo‘yaman ammo yurgan vaqtda siljishligi natijasida qog‘ozning bavl tekgan joylari jinsiy a’zoyimning qolgan qismiga tegadi. Dirham miqdoridan ko‘proq qismiga, shunda ham yuvmasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘piga tegmaydi. Ko‘nglingiz bo‘lmasa o‘sha dirham miqdorchasini o‘zini yuvib artib olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 07:40 | Savol-javoblar | 142 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar