Qasr namozidagi vaziyat va daraxtdagi meva

Assalomu alaykum! Asr va Shom o‘rtasida, Asr namozini o‘qish uchun Masjidga kirganimda 4 ta inson jamoat bo‘lip namoz o‘qishayotkan ekan, man shu jamoatga asr namozini jamoat bilan, Imomga iqtido qilib niyat bilan jamoatga qo‘shildim, u paytda 2 rakatdan so‘ng namozni tugatishdi, man qolip ketkan 2 rakatni o‘qip tamomlagandan so‘ng, bildimki, ular qasr qilip o‘qishgan ekan (buni menga aytishdi).... 1) Bunaqa vaziyatda asr namozinini boshqatan o‘qishim kere bo‘ladimi? 2) Ikki sajda o‘rtasida o‘tirgan paytda "Robbi g‘firli, Robbi g‘firli" deyib ikkinsi sajdaga ketish joizmi? 3) Ko‘chadagi meva daraxtini egasi nomalum bo‘lsa, uni mevasini olip eysa boladimi 4) Shu ko‘chadagi mevani egasi malum ammo mevasini termaganlik sabab uvol bo‘lmasin deb, erdigilarini yoki daraxtdagilarini(qurip qolishidan oldin, chunki barbir keyin to‘kilip ketadi ) olip eysa bo‘ladimi? 5) Qarz olgan inson va unga judayam ko‘p vaqt o‘tkan bo‘lsa va qarz aniq qiymati esda bo‘lmasa, Qarzdor esa qarzini uzish uchun qarzidan ko‘pro berip qolsa yoki kamroq (u inson ham aniq esidan chiqan bo‘lganda), qanday vaziyat tutish kerak? 6) Kop qavatli Xonadonlarda bir inson o‘rindiqni (skameyka) o‘z puliga olip qo‘ygan bo‘lsa (barcha uchun), men uni sindirip qo‘yganim uchun usha joyini ustaga remont qildirmohchi bo‘lganimda, o‘rindiq egasi engisini olib berasan desa, men uni remont qila olaman diyishga haqim bo‘ladimi yoki u inson etkanide engisini olib berishim kere bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Imom bilan birga 2 rakaat o‘qib, u salom bergach o‘zingiz qolgan 2 rakaatni o‘qigan bo‘lsangiz namozingiz durust. 3-4-rakaatlarda qiroat qilmaysiz.  2). Nafl namozlarida aytsangiz bo‘ladi.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي وَارْحَمْنِي وَعَافِنِي وَاهْدِنِي وَارْزُقْنِي. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki sajda orasida «Allohummag‘firli, varhamni va a’fini vahdini varzuqni», der edilar». 
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Duoning ma’nosi:
«Allohim, meni mag‘firat qil, rahm qil, ofiyat ber, hidoyat qil va rizqlantir». ("Hadis va Hayot" kitobidan). 3-4). Bo‘lmaydi. Egasining ruxsatisiz mumkin emas.5). Ikki taraf rozi bo‘ladigan miqdorni bersa zimmadan ado bo‘ladi.6). Shikast etkazishingizdan avval qanday holatda bo‘lsa huddi o‘shanday holatga qaytarishingiz shart. Usta ko‘rgan (yamalgan) holatda bo‘lsa o‘shanday holatga. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 15:56 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar