G‘ayridinlarni bergan narsalari

Assalomu alaykum! Ustozlar, biz Janubiy Koreyada ishlaymiz. Ishxonada xristian, buddist va dinsiz karislar bor. Bularning biror bir yaqin insoni o‘lib qolsa (ota-onasi va yaqinlari) 2-3 kun ishga kelmaydi va marosimlarini o‘tkazib bo‘lgach ishxonaga kelgan kuni hammaga shirinlik yoki kosa-kola, fanta shunga o‘xshagan narsalar tarqatadi. Bizga ham berganda sababini so‘raganimizda yaqini o‘lib qolganini aytadi. Shu bergan narsalarini tarkibi halol bo‘lsa biz uni eb ichishimiz bizga halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Halol. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar