Etim bolalar haqida
Sizni va adminning vaqtini olganim uchun uzr so‘rayman. Qo‘shni yoki tanishlarimiz orasidagi ba’zi beva ayollarning etim bolalari bor. Ularning erlari vafot qilgan yoki ancha yil oldin ajrashishgan bo‘ladi. Ular ayni paytda biror erkak bilan yashirin nikoh bilan(yashirin nikoh ko‘p holatlarda ikkinchi xotinlikka tekkan ayollarda uchraydi) yashayotgan bo‘ladi. Biz u er-xotinlarning nikohlari bor yoki yo‘qligini bilmaymiz. Lekin ularning o‘zlarining aytishicha nikohlari bor. Shunday nikohini oshkora qilmay yashayotgan beva ayollarning etim farzandlariga yordam bersak, hadislarda kelgan “etimga qilgan yaxshilik”ning ajr savobi beriladimi? Yoki albatta nikohini oshkora kilib, to‘y qilganlarga berish kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mazkura beva ayollarning etim farzandlariga yordam berilsa, hadislarda kelgan “etimga qilgan yaxshilik”ning ajr savobi beriladi.
26 May 2022, 16:59 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar