Savdoda molni qaytarib olib kelish

Assalomu alaykum! Savdogarman, bozorda bir tovarni sottim. Ertasi kuni yo bir muddat o‘tgandan keyin tovarimni qaytarib opkeb berdi, qaytarib oling pulidan mayli kamroq bering deb turibdi. Yoki ozgina pulizdan ushlab qolib qaytarib beraman deb o‘zim taklif qildim. Haridor rozi, tovarni aybi yo‘q, gohida bor xam bo‘lib qoladi. Shunday qilishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizdaligida aybi bo‘lsa pulidan olib qolishga haqqingiz yo‘q. Zarar etkazgan bo‘lsa etkazgan zararchaligini ushlab qolishingiz mumkin. Bayni bekor qilmay, sotib olaman deb xohlagan narxingizga sotib olishingiz mumkin. Agar nasiyaga sotgan bo‘lsangiz naqdga arzonga o‘zingiz sotib olishingiz joiz emas. O‘z narxiga sotib olshingiz kerak. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar