Opa-singilga bir vaqtda uylanish

Assalomu alaykum! Bir do‘stimiz so‘rab qoldi. Men javob berolmadim. Va sizlardan so‘rab beraman dedim. Bir erkak opa va singil bo‘lgan ayollarga bir vaqtda uylanish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi: حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَاتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَاتُكُمْ وَعَمَّاتُكُمْ وَخَالاَتُكُمْ وَبَنَاتُ الأَخِ وَبَنَاتُ الأُخْتِ وَأُمَّهَاتُكُمُ اللاَّتِي أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَاتُكُم مِّنَ الرَّضَاعَةِ وَأُمَّهَاتُ نِسَآئِكُمْ وَرَبَائِبُكُمُ اللاَّتِي فِي حُجُورِكُم مِّن نِّسَآئِكُمُ اللاَّتِي دَخَلْتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمْ تَكُونُواْ دَخَلْتُم بِهِنَّ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلاَئِلُ أَبْنَائِكُمُ الَّذِينَ مِنْ أَصْلاَبِكُمْ وَأَن تَجْمَعُواْ بَيْنَ الأُخْتَيْنِ إَلاَّ مَا قَدْ سَلَفَ إِنَّ اللّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا۝ 23. Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari – agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo‘lsangiz, sizga gunoh yo‘q – va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari hamda opa-singilni jamlamog‘ingiz harom qilindi. Magar avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. «Opa-singilni jamlamog‘ingiz harom qilindi». Ya’ni bir kishi o‘z nikohida turgan xotinining opa-singlisiga uylanishi mumkin emas. Bunday nikohning haromligi vaqtinchadir. Agar nikohida turgan opa yoki singil ila nikoh aloqasi uzilsa, u holda uning opasi yoki singlisiga uylansa bo‘laveradi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayol bilan uning ammasini yoki xolasini qo‘shib xotin qilmoqlikni man qilganlar. Bunday nikohlar qarindosh xotinlar orasidagi munosabatlarni buzadi, shuning uchun harom qilingan. أُمَّ حَبِيبَةَ بِنْتَ أَبِي سُفْيَانَ أَخْبَرَتْهَا، أَنَّهَا قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، انْكِحْ أُخْتِي بِنْتَ أَبِي سُفْيَانَ، فَقَالَ: «أَوَتُحِبِّينَ ذَلِكَ؟» فَقُلْتُ: نَعَمْ، لَسْتُ لَكَ بِمُخْلِيَةٍ، وَأَحَبُّ مَنْ شَارَكَنِي فِي خَيْرٍ أُخْتِي. فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ ذَلِكَ لَا يَحِلُّ لِي». قُلْتُ: فَإِنَّا نُحَدَّثُ أَنَّكَ تُرِيدُ أَنْ تَنْكِحَ بِنْتَ أَبِي سَلَمَةَ. قَالَ: «بِنْتَ أُمِّ سَلَمَةَ؟» قُلْتُ: نَعَمْ. فَقَالَ: «لَوْ أَنَّهَا لَمْ تَكُنْ رَبِيبَتِي فِي حَجْرِي مَا حَلَّتْ لِي إِنَّهَا لَابْنَةُ أَخِي مِنَ الرَّضَاعَةِ، أَرْضَعَتْنِي وَأَبَا سَلَمَةَ ثُوَيْبَةُ، فَلَا تَعْرِضْنَ عَلَيَّ بَنَاتِكُنَّ وَلَا أَخَوَاتِكُنَّ». قَالَ عُرْوَةُ: وَثُوَيْبَةُ مَوْلَاةٌ لِأَبِي لَهَبٍ كَانَ أَبُو لَهَبٍ أَعْتَقَهَا فَأَرْضَعَتِ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَلَمَّا مَاتَ أَبُو لَهَبٍ أُرِيَهُ بَعْضُ أَهْلِهِ بِشَرِّ حِيبَةٍ، قَالَ لَهُ: مَاذَا لَقِيتَ؟ قَالَ أَبُو لَهَبٍ: لَمْ أَلْقَ بَعْدَكُمْ غَيْرَ أَنِّي سُقِيتُ فِي هَذِهِ بِعَتَاقَتِي ثُوَيْبَةَ Ummu Habiba bint Abu Sufyon shunday xabar qiladi: «Ey Allohning Rasuli, singlimni – Abu Sufyonning qizini nikohingizga oling», dedim. «Shuni xohlaysanmi?» dedilar. «Ha. Men sizni faqat o‘zimniki qilib olmoqchimasman. Yaxshilikda menga sherik bo‘lishini eng ko‘p xohlaganim – singlimdir», dedim. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bu menga halol bo‘lmaydi», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, bizga aytilishicha, siz Abu Salamaning qizini nikohingizga olmoqchi ekansiz ku», dedim. «Ummu Salamaning qizinimi?» dedilar. «Ha», dedim. «Agar u mening qaramog‘imdagi asrandim bo‘lmaganida ham, menga halol bo‘lmas edi, chunki u mening emikdosh birodarimning qizi. Suvayba meni ham, Abu Salamani ham emizgan. Menga qizlaringiz va opa singillaringizni taklif qilmanglar», dedilar». Urva aytadi: «Suvayba Abu Lahabning mavlosi bo‘lib, Abu Lahab uni ozod qilgan edi. U Nabiy sollallohu alayhi vasallamni emizgan. Abu Lahab o‘lgach, u o‘zining ahli oilasidan birining tushida yomon ahvolda ko‘rinibdi. U unga: «(O‘limingdan keyin) nimaga yo‘liqding?» debdi. Abu Lahab: «Sizlardan (ajralganimdan) keyin Suvaybani ozod qilganim sababli mana bundan sug‘orilishdan boshqa (yaxshi) narsaga yo‘liqmadim», debdi». Izoh: Abdurrazzoq va boshqalar keltirgan rivoyatlarda aytilishicha, Abu Lahab mazkur tushda «mana bundan» deganda bosh barmoq bilan ko‘rsatkich barmoq orasidagi chuqurlikni aytgan. Gap shundaki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tug‘ilganlarida Abu Lahabga bu xushxabarni cho‘risi Suvayba etkazadi. Abu Lahab jiyan ko‘rganiga xursand bo‘lganidan Suvaybani ozod qilib yuboradi. Boshqa rivoyatlarda mazkur tush haqida batafsilroq aytilgan. Ma’lumki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dushanba kuni tug‘ilganlar. Ularda aytilishicha, Abu Lahab do‘zaxda qattiq azobda ekan, faqat dushanba kunlari barmoqlari orasidan ozgina suv ichib, azobi engillashar ekan.  (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 236 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar