Qarzni qaytarish evaziga Qur’on o‘qish

Assalomu alaykum! hurmatli ustozlar. Qarz haqida savolim bor edi. Bir tanishim mendan bir million so‘m miqdorida qarz olgan edi. O‘sha tanishim qarzni qaytarishga kelganda muddatni uzaytirib har xil sabablarni ko‘rsatmoqda. Qayta-qayta so‘rayverish meni hijolat qilmoqda. Shuning uchun undan olgan qarzini qaytarish evaziga va kitob o‘qishga qiziqtirish maqsadida Qur’oni karimning ma’nolari tarjimasini o‘qib berishini so‘ramoqchiman. Shu ishim shariat bo‘yicha joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Falon ishni qilsang qarzdan kechaman” desangiz va u shunga rozi bo‘lsa joiz. Lekin “Qarzni ham qaytarasan, falon ishni ham qilib berasan” deyish joiz emas. Vallohu a’lam!

4 Iyun 2022, 20:23 | Savol-javoblar | 251 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar