Iqtisodiy Biznes Sherikchilik

Assalomu alaykum! Bir yaqin do‘stim ham, men ham biznes, ya’ni tadbirkorlik bilan shug‘ullanamiz. Ikkimizni ishimiz boshqa-boshqa. Lekin shu vaqtgacha ayrim masalalarda sherikchilik qilganmiz. Bir ikki yildan beri mehmonxona qurib faoliyat yuritishni rejalashtirib, to‘g‘rirog‘i niyat qilib yurgandik. Hozirgi kunda do‘stimning qo‘lida mablag‘ bor. Do‘stim bilan ish boshlash arafasida turibmiz. Shart shundayki, do‘stim 100% pul tikadi, hamma mehnat mendan. Mehmonxonaning qurilishidan boshlab to ishga tushurilishi, barcha hujjatlar va tashkiliy masalalar mening bo‘ynimda. Kelajakda mehmonxonaning boshqarilishi ham mening bo‘ynimda. Do‘stimning taklifiga ko‘ra, mehmonxona bitib ishga tushgach va tikilgan mablag‘ to‘lik qoplangandan so‘ng men faqat foydaning 50% ga sherik bo‘lar ekanman. Bino esa uning mulki bo‘lib qolar ekan. Sarflangan mablag‘ qoplanmaguncha men 5 yoki 10 % ulushda bo‘lar ekanman. Menga bu taklif tugri kelmadi. Shu taklifga shariatimiz qanday qaraydi va umuman biz qanday yo‘l tutganimiz ma’qul? Ushbu holatda qanday kelishuv qilishimiz shariatga to‘g‘ri keladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu noto‘g‘ri taklif. Siz yoki ishchi bo‘ling yoki qarz olib sherik bo‘ling. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar