O‘rtakashlik va qarz xaqida
Assalomu alaykum! Ilmlaringizga ilm qo‘shilsin ilohim! 1) Savolim shundayki: Men ko‘proq Rossiyada ishlayman. Agarda Men bir ishni uy egasidan, misol uchun kvadratiga aytaylik 1000 rubldan bir ish olsam, boshqa ishchilarga 1000 rubldan arzon bo‘lgan narxda 800 yoki 750 rubldan to‘layman deb qildirsamu, lekin, ishchilar ishga tushishidan avval, agarda, pulni uyning egasi bermasa, men to‘lab bermiman deb, pulni kafilligini olmasdan, ishlatib foydalansam bo‘ladimi yoki yo‘q? 2) ..Chetda yurganim uchun xayotimda ko‘p uchrayotgan savolim quyidagicha. Chetda yurganimda qarz so‘rashadi, beraman. Qaytarishga kelganda rublda olingan pulni bazida so‘mda qaytarishadi so‘m beraman diyishib. Aytayin 5000 rubl qarz berdim. Bergan vaqtimda 1000 rubl 100 000 so‘m edi xisobda. Oradan vaqt o‘tib qaytaryapti 2500 rublini so‘mga 110 000 bo‘lganda 275 000 so‘m, qolgan 2500 rublni esa oradan yana bir muddat vaqt o‘tib 1000 rubl narxi 120 000 ga ko‘tarilganda qaytarmoqchi. So‘mda 300 000 bo‘lyapti. Men qay tarzda olishim kerak bo‘ladi so‘m xisobda. Xijolatchilik. Savollarim uzun bo‘lib ketgani uchun uzr, Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Yo‘q. 2). Berganingizni oling. Rubl bersangiz rubl, so‘m bersangiz so‘m oling. Oldindan kelishmasdan birov sizdan 1000 rubl qarzi bo‘lsa, ado etishvaqtida boshqa pul birligida bersa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 16:47 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar