Tashahhudda vas-vas

Assalomu alaykum! Men tashahhudda o‘tirganimda attaxiyyatuni o‘qiyotganimda vas-vas bo‘lib "Ashhadu allaa ilaha" kalimasigadi ilahani "H" sini arab tilidagi o‘rtacha "H" chiqazib yuboryapman, yumshoq "H" chiqarolmayapman. Yumshoq "H" chiqazaman deb qayta qayta o‘qib qiynalib qolyapman. Ba’zida "H" takror-takror o‘qiganimda chiqadi ba’zida chiqmaydi. Ma’no o‘zgarib qolmayaptimikan. Namozim namoz bo‘lyaptimi, buzilyaptimikan deb vas-vas bo‘lyapman. Ba’zi ba’zida imomlikka ham o‘tqazib turishadi. Shu holatlarda nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Talaffuzingizni to‘g‘irlab olish uchun qattiq mashq qilishga kirishing. Ungacha imomlikka o‘tmay turing. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:28 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar