Shirkdan keyin tavba qilsa amallari o‘tadimi

Assalomu alaykum! Inson xayoti davomida bilibmi yoki bilmasdanmi yoki atayinmi shirk ishlar va boshka gunoxi kabiralar qilsayu keyin tavba qilib yaxshi yo‘lga kirsa qilgan amallari o‘tadimi? Masalan namozda imom bo‘lish, bolaga ism qo‘yish(Azon aytish) qurbonlik so‘yish va hokazo?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohning fazli shunchalar kengki, agar farazan gunohlaringiz osmonga etsa, qumning adadicha ko‘payib ketsa, yomg‘irlar tomchisi adadicha bo‘lsa ham astoydil tavba qilsangiz bir lahzada Allohning habibiga aylanasiz. U gunohlar shikr, kufr yoki odam o‘ldirish bo‘ladimi hech qanday farqi yo‘q. حَدَّثَنَا أَنَسُ بْنُ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ وَهُوَ عَمُّهُ - قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَلَّهُ أَشَدُّ فَرَحًا بِتَوْبَةِ عَبْدِهِ حِينَ يَتُوبُ إِلَيْهِ، مِنْ أَحَدِكُمْ كَانَ عَلَى رَاحِلَتِهِ بِأَرْضِ فَلَاةٍ، فَانْفَلَتَتْ مِنْهُ وَعَلَيْهَا طَعَامُهُ وَشَرَابُهُ، فَأَيِسَ مِنْهَا، فَأَتَى شَجَرَةً، فَاضْطَجَعَ فِي ظِلِّهَا، قَدْ أَيِسَ مِنْ رَاحِلَتِهِ، فَبَيْنَا هُوَ كَذَلِكَ إِذَا هُوَ بِهَا، قَائِمَةً عِنْدَهُ، فَأَخَذَ بِخِطَامِهَا، ثُمَّ قَالَ مِنْ شِدَّةِ الْفَرَحِ: اللهُمَّ أَنْتَ عَبْدِي وَأَنَا رَبُّكَ، أَخْطَأَ مِنْ شِدَّةِ الْفَرَحِ  Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Banda Allohga tavba qilsa, U Zot uning tavbasidan biringiz kimsasiz cho‘lda ketayotganda egulik va suv ortilgan tuyasi qochib ketib, undan umidini uzib, bir daraxtning soyasida yonboshlab, tuyasidan tamomila umidini uzib turganida birdan tuyasi tepasida turganini ko‘rib qolib, uning yuganiga yopishib, qattiq xursand bo‘lib ketganidan adashib, «Allohim! Sen mening bandamsan, men Sening Robbingman!» deb yuborganidan ham ko‘proq xursand bo‘ladi».عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَلَّهُ أَشَدُّ فَرَحًا بِتَوْبَةِ عَبْدِهِ مِنْ أَحَدِكُمْ إِذَا اسْتَيْقَظَ عَلَى بَعِيرِهِ، قَدْ أَضَلَّهُ بِأَرْضِ فَلَاةٍ
وَحَدَّثَنِيهِ أَحْمَدُ الدَّارِمِيُّ، حَدَّثَنَا حَبَّانُ، حَدَّثَنَا هَمَّامٌ، حَدَّثَنَا قَتَادَةُ، حَدَّثَنَا أَنَسُ بْنُ مَالِكٍ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، بِمِثْلِهِ
 Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh bandasining tavbasidan biringiz kimsasiz cho‘lda tuyasini yo‘qotib qo‘yib, uyg‘onganida tuyasi yonida turgandagidan ham ko‘proq xursand bo‘ladi», dedilar».
Imom Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 16:57 | Savol-javoblar | 189 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar