Chto? Gde? Kogda? o‘yini qimormi

Assalomu alaykum! Rossiyada Chto? Gde? Kogda? degan o‘yin bor. Bunda o‘yinda ishtirok etuvchilarga savol yo‘llaniladi. Agar o‘yin ishtirokchilari savol yo‘llagan odamni savoliga javob topa olmasalar savol yo‘llagan odam pul mukofoti oladi. Agar savolga javob topilsa javob bergan ishtirokchi pul mukofoti oladi. Pul tikilgan xar bir o‘yin qimor deb xisoblanadimi? Bunda 2 tomonga yutib olingan pul xalolmi yoki xarommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qimor bo‘lishi uchun savol beruvchi va javob beruvchilar pul tikkan bo‘lishi kerak. Agar ikkovlari mutlaqo pul tikmasdan uchinchi tomon pul tikkan bo‘lsa buni zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 04:37 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar