Nima qilsa gunohlari kechiriladi
Assalomu alaykum! Bir tanishimni gunohlari haddan tashqari ko‘p. Alloh kechirarmikan deb qo‘rqyapti, chunki eng yomon va eng katta gunohlarni qilgan. Birovlarni haqqini egan. Alloh kechirishi uchun nima qilsam bo‘ladi deyapti. Alloh oldida u o‘zini o‘zgartirmoqchi. Nima qilsa bo‘ladi gunohlari kechirilishi uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh shundaylarga ibrat qilib Fuzayl ibn Iyozdek zotlarni chiqargan. U zot yoshligida, ayni navqiron yigitligida qaroqchi yo‘lto‘sar bo‘lganlar. Tasavvur qilavering qanday ishlarni qilganlarini. Tavba qildilar, hamma haq egalarini haqqlarini ado qildilar va roziliklarini oldilar. Avliyoullohlarning sardorlaridan bo‘ldilar. Gap bu erda haqiqiy tavba qilishda va haq egalariga haqqlarini qaytarib rozi qilishdadir. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 191 | Turli savollar