Tatar millatga turmushga chiqish
Assalomu alaykum! Oilada 2ta farzandmiz. Opam va men. Opam ancha yil oldin turmush qurganlar.Turmushlari yaxshi. Yoshim 26da. Ota-Onam bilan oxirgi paytlarda judayam ko‘p tushunmovchililar bo‘lyapti. Buni sababi boshqa millatga tegishli bo‘lgan inson bilan tanishib qolganim. U inson sovchi yubormoqchilar. Mani millatim o‘zbek, u insonni millati tatar. Bu yo‘q deyishlarini birinchi sababi. Ikkinchisi uyimizni orasidagi masofa uzoqdaligi. Masofa 1,5-2 soat. Ota-Onam seni uzoqqa, yana kamiga tatarga bermaymiz deb eshitishmayapti. Boshka inson bilan uchrashtirishmoqchi. Ko‘nglim yo‘q bo‘lgan inson bilan qanday qilib yashayman? Dinimizda nikohga majburlash yo‘q. Oilamizda hamma ibodatda. Dinimiz bittalgi uchun tanlagan insonimga bunchalik qarshi bo‘lishadi deb o‘ylamagandim. Dinimizda insonlarni, ularni dinini, millatini ajratish yo‘q. Dinimiz bir bo‘lgan inson bilan turmush qurish halol qilingan(ayollarga). Onamla tatarlar salkam kofir bo‘ladi dedilar. Kofir degan so‘zning ma’nosi judayam yomonku. U insonni oilasiyam, o‘ziyam musulmon, o‘zbeklashib ketgan oila. Og‘ir bo‘lgan narsa Ota-onam hech bo‘lmasa surishtirib ko‘rishmagani, tatar degan so‘zni eshitishgandan keyin boshqa gapni eshitishni xohlashmayapti. Boshqa dindagi insonni tanlamadimku, o‘zimda bor ilmni u insonga, ularni oilasigayam Alloh iroda qilgancha o‘rgatishni xohlardim. Ota-onamni rozi qilib, duosini olib, baxtli bo‘lishni xohlayman. Nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gapi o‘tadigan kattalarni o‘rtaga ishga soling. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 17:28 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gapi o‘tadigan kattalarni o‘rtaga ishga soling. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 17:28 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush