Xato qilmadimmi?

Shayx xazratlari.Men bazi davralarda yoki internet tarmoqlarida adashgan firqa vakillarini xali aqoid ilmini unchali o‘qib - o‘rganmagan, yaxshiroq tushunib etmagan musulmonlarni to‘g‘ri aqiydasidan aynitayotganini, zamondosh ahli sunna olimlarini bidi‘atchilikda aybaganida eng yomoni kecha ahli sunnaning ikki katta imomlari Moturidiy va Ash‘ariyni adashgan yani bidi‘atchilikda ayblab ular xaqida bo‘xton gaplariga shoxid bo‘ldim .Shunday vaziyatlarda ichimda kimdir ular bilan baxslashib aql zakovating, vaqtingni zoe ketqazib nima qilasan ular barir adashganligini tan olmaydi deganday bo‘ladi keyin baxshlashish fikridan qaytaman. Agar baxslashsam Allohga shukur ko‘p bo‘lmasa ham etarli ilmga egaman.Sizdan iltimos menga maslaxat bering.Ular bilan baxslashaymi? Yoki yana indamay yuraveraymi agar ularga raddiya bermasdan yuraversam gunohkor bo‘mimanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ular bilan bahslashishning befoyda ekanini o‘zingiz bilar ekansiz. Shu bilan birga ular mardikor ekanini ham bilishimiz kerak. O‘z yurtimizdan hech narsani bilmay chiqqanlar. Borib boshqa narsani o‘rganganlar. O‘shani endi o‘zlariga berilgan topshiriqqa binoan boshqalarga tarqatish bilan ovoralar. Qilganlari haqida hisobot berib biror narsaga erishish ilinjidalar. Shuning uchun ular bilan tortishib o‘tirishning o‘rniga, ularning gapi noto‘g‘ri ekanini, to‘g‘risi nimadan iboratligini yozib qo‘yish kerak. Bilmaydiganlar bilsinlar. Ularning odatlari shu. Dindan bexabarlar bilan ishlari yo‘q. Dindorlarni boshini aylantirish bilan ovoralar.

3 May 2022, 17:28 | Savol-javoblar | 151 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar