"e Oyisha xolen" deb mazax qilish

Assalomu alaykum! Ming xijolat bo‘lib oxiri yozishga majbur bo‘ldim. Esimi tanibmanki juda ko‘p joyda kimdur kimgadur nimadur dimokchi bo‘lsa e Oyisha xolen dib etishadi shuda ko‘p eshitaman shu so‘zi. Bir yaqin insonim etganlarida urishgandim tovba din istixfor etvorin bu Oyisha Onamizani ismlari kulgan bo‘b qomen digandim. Ko‘chada yurganimdayam begona odamladan yoki sotuvchilar bir biriga e Oyisha xolenikada diyishganini eshitganman. Borib boshqa bu so‘zni gapirmen dimoqchi bo‘ldim begona odamlani dilini og‘ritib ko‘ymi dib gapiromadim. Savolim tanishlarim yoki begonalar shu gapni gapirganida bu so‘zni ishlatmela mumkunmas tavba qililar diyish mumkunmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘min chiroyli so‘zlaydi, boshqalarni noma’qul so‘zlar bilan haqorat qilmaydi. Muomalasida islom odobi ufurib turadi. Bordiyu birodari bilan kelisholmay qolsa ham yaxshi so‘z bilan tushunmovchilikni bartaraf qiladi. Siz aytayotgan holatda o‘sha insonlar buni aynan Oisha onamizni tahqirlash ma’nosida aytsa bu o‘ta xatarli. Ammo hech kim shuni qasd qilmaydi, balki johillar urfiga kirib qolgan ibora bo‘lib qolgan. Bunga diniy tus bermasdan, odob-axloqqa chaqirib qo‘yish lozim. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:15 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar