Aza haqidagi javob xususida
Assalomu alaykum! Ustozlar, men telegram sahifangizdagi 3149-savolni o‘qib menda yana savollar tug‘uldi. 3149-savolga javobingizda 40 va boshqa narsalarni tark qilib bid’atni tark qilibsiz debsiz.
(1) Savolim shuki kishi vafot etgandan keyin qanday marosimlar qilinadi? Ayol va erkak kishining shariatdagi qiladigan amallari qanday bo‘ladi?
(2) Ayol kishini iddasi deganda nimalar nazarda tutiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘lganning ortidan kun belgilamay va “qilmasam bo‘lmaydi” deb niyat qilmay xohlaganicha ehson qilish, nomidan haj qilish, ro‘za tutish, qurbonlik kunlari (boshqa kunda joiz emas) nomidan qurbonlik qilish, haqqiga har vaqt istig‘for aytish, kitoblar sotib olib nomidan sadaqai joriya qilish, tilovat qilib bag‘ishlash kerak. Bid’atlarni o‘rniga namoz va ro‘zadan qarzlarining fidyasini berish kerak. Bunday qilish vasiyat qilingan suratda, hatto vojib ham bo‘ladi. Shuncha qilish zarur bo‘lgan ishlar turib shayton insonni ahmoqona va riyo bo‘ladigan ishlarni qildirib aldaydi. Ko‘pincha savobini ham habata qildiradi. Ota onaga yaxshilik qilish istagidagi farzanddagi ishtiyoqni o‘sha bid’atlar bilan yo‘qqa chiqaradi. Inson aldanib o‘zini ota onasiga katta ish qilib qo‘ygandek xis qilib qolaveradi. Yaxshillakka bo‘lgan chanqog‘ini shu bilan qondiradi, bo‘ldi bas. Vafot topgan inson botqoqa botgan kishi kabi bo‘ladi. Farzand istig‘for aytishi bilan undan sug‘irilib chiqaveradi. Botqoqdan chiqqanlarining maqomlari ko‘tarilaveradi. عن أبي هريرة عن النبي صلى الله عليه وسلم قال : " إنَّ الرجل لتُرفع درجتُه في الجنَّة فيقول : أنَّى هذا فيقال : باستغفار ولدك لك " . رواه ابن ماجه Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kishining jannatdagi darajasi ko‘tariladi. Shunda u bu narsa menga qanday berildi deydi. Unga “Farzanding senga istig‘for aytgani uchun” deydi” dedilar. Ibn Moja rivoyati. Vallohu a’lam! 2). Quyidagi linkda berilgan ma’lumotni o‘qing https://fiqh.uz/maqola/405
30 Aprel 2022, 15:40 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar