choyxona haqida
Assalomu alaykum! Men Universitetda talabaman, o‘tgan yildan boshlab Alhamdulillah 5 vaqt namozni o‘qishni boshladim. Biz kursdoshlar bilan haftani oxirgi kunlarida bo‘sh vaqtlarimizda choyxonaga xizmatga qilishga borib turamiz. U erda har hil spirtli ichimliklar ichiladi, ba’zi odamlar kartayam o‘ynashadi. Biz faqat ovqat olib borib beramiz va ular ketgandan keyin o‘zimizga berilgan honani yig‘ishtirib olamiz. Mijozlar ba’zi paytlarda spirtli ichimlik keltirishimizni so‘rashadi. Keyin xonani tozalash jarayonida spirtli ichimliklarning bosh shishasini ham yigishtiramiz. Shunday joyda ishlashimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olib kelib berishingiz gunohga yordam berish bo‘lib, ichganlar bilan barobar gunohkor bo‘lasizlar. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْخَمْرِ عَشْرَةً: عَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَشَارِبَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَسَاقِيَهَا، وَبَائِعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا، وَالْمُشْتَرِيَ لَهَا، وَالْمُشْتَرَى لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamr(aroq)da o‘n(kishi)ni la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, hammolini, ko‘tartirib yuruvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, bahosini eyuvchisini, sotib oluvchisini va sotib olib kelib beruvchisini».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida mast qiluvchi narsa xamr deb atalib, u asosan uzum va xurmoni siqib olinadigan ichimlikdan iborat bo‘lgan. Undan boshqa yana uchta narsa ham bor edi, lekin ulardan kam holatlarda xamr olinar edi. Keyinchalik mast qiluvchi narsalarning turi ham, ismi ham ko‘payib ketdi. Ammo baribir turi va ismidan qat’i nazar, ularning hammasi xamr hukmini olaveradi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va u haromdir», deganlar.
Shuning uchun hozirgi kundagi barcha mast, kayf qiluvchi narsalar xamr hisoblanib, ular ichiladimi, chekiladimi, hidlanadimi, igna bilan yuboriladimi, farqi yo‘q. Aroqmi, viskimi, morfimi, nashami, geroinmi, qoradorimi, bularning hammasi harom. Hammasi uchun o‘n toifa odam Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tillaridan la’natga uchraydi, Allohning rahmatidan quviladi.
Hammolini.
Mazkur harom narsaga hammollik qiluvchi kishi ham Allohning la’natiga sazovordir. Xom ashyoni tayyorlash, joyiga olib borishda hammollik qiladimi yoki tayyorlash joyidami, sotish joyidami yoki sotish joyidan iste’mol joyiga tashishdami, baribir. Hozirgi kunda butun dunyo qarshi kurashayotganiga qaramay, la’nati hammollarning faoliyati tufayli qoradori va unga o‘xshash harom narsalar butun dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ularni behuda la’natlamagan ekanlar.
Ko‘tartiruvchisini.
Aroq va uning hukmidagi harom narsalarning hammollarini ishga soluvchi, ularga pul berib ishlatuvchi ham Alloh taoloning la’natiga uchraydi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom