E’tiqod to‘g‘ri-yu, so‘z noto‘g‘ri bo‘lsa

Assalomy alaykum, Shayx hazratlari!Ustoz, men bir vaziyatda o‘zim bilmagan holatda, shoshib bir juda yomon gapni ishlatib qo‘ydim. Voqea shunday bo‘ldi:Men va do‘stim sartaroshga sochimizni kaltalatgani bordik. Sartarosh do‘stimning sochini kaltalatgandan so‘ng, uning sochiga qaradim va boshining ma’lum qismida soch o‘smaganligini ko‘rdim va shu joyi sal notekis bo‘lib qolibdi-da dedim va aytgan gapimdan sartaroshni dili og‘rimasligi uchun "Sochingni shu joyida soch o‘smagan bo‘lsa ayb sartaroshda emas" deb qo‘ydim. Shunda sartarosh ham hazillashib do‘stimga "ayb o‘zingizda" deb qo‘ydi. Shunda do‘stim ham "ayb menda emas, ota-onam shunday dunyoga keltirgan bo‘lsa" deb qo‘ydi. Shunda men o‘zim bilmagan holda "Ayb Allohda" deb yuboribman. (Har qanday ayb-u nuqsondan pok bo‘lmish Alloh subhanahu va taolo men ojiz gunohkorni kechirsin) Men bu gapni aytganda aslida, bizni qanday yaratilganimiz na o‘zimizga, na ota-onamizga bog‘liq ekanligini, har qanday narsa ham Allohdan ekanligini, bizni shunday ko‘rinishimiz Allohning cheksiz hikmati va irodasi ekanligini nazarda tutgandim. Ya’ni qaysi a’zomizning qanday shaklda bo‘lishini barcha maxluqotalrning Xoliqi iroda qilishini nazarda tutgandim. Lekin o‘zim bilmagan holda, garchi ro‘zador holimda bo‘lsam ham, yuqoridagi kalimani aytib yubordim. Xatoyimni darhol tushundim va o‘sha erning o‘zida istig‘for aytib, aslida nima demoqchi bo‘lganligimni bildirdim.Ustoz, men o‘zim bilmagan holda, shoshib, yuqoridagi so‘zni ishlatib qo‘ydim. Inshaalloh, albatta bunday so‘zlarni qaytib aytmayman. Oldingi amallarim va tutgan ro‘zam nima bo‘ldi? Nafl ro‘zamning qazosini tutib beraymi? Bu gunohimning kafforati nima? Mendek tilini eplay olmagan shogirdingiz haqqiga halimlik va xushzabonlik tilab duo qilib bering, Hazrat! Oldindan tashakkur. Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tavba qilish, nadomat chekish va qayta qilmaslik.

3 May 2022, 20:40 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar