Yuzdagi sochlarni olish

Assalomu alaykum Ustoz, bir tanishim yuzdagi sochlarni va qoshini o‘rtasini termoqchi. Terishdan oldin menga maslahat solgan edi. Hozircha to‘xtatib turibman. Shu masala haqida sizdan so‘ramoqchi edim. Adashmasam qaerdadur o‘qigan edim, "yuzdagi sochlarni va qoshini teruvchi va terdiruvchi ayollarga vayl bo‘lsin" deb. Ustoz u tanishimga tegma desam bir bahonada turib olgan, "agar yuzida sochi ko‘p bo‘lsachi, ular qanday turmushga chiqadi unda" degan gapiga javob berolmayapman. Ustoz ularga hukm qanday bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yuzidagi tuklar ayb bo‘lsa, ularni tersa bo‘ladi. Ammo qoshni terib bo‘lmaydi.
28 Aprel 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 59 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar