Bu hadislarni tushuntirib bersangiz
Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari.Aziz ustoz. Men dajjol haqida hadislar o‘qidim va bir qancha savollar paydo bo‘ldi.Iltimos, shularga javob bersangiz.1.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uxlayotib (tushda) o‘zimni Ka’bani tavof qilayotganimni ko‘rdim. Bir bug‘doyrang kishini sochlari yaxshilab taralgan kishini ko‘rdim. Qarasam u(soch)dan suv oqib turibdi. Bu kim, dedim. Bu Masih ibn Maryam, dedilar. So‘ngra boshqa yoqqa qarab bir barvasta kishiga duch keldim. Sochi qizil va jingalak. Ko‘zi g‘ilay. Xuddi bo‘rtib turgan uzum donasiga o‘xshaydi. Bu Dajjol, Unga eng o‘xshaydigan odam Xuzo’adan bo‘lgan kishi Ibn Qatandir», dedilar».Ikki shayx rivoyat qilishgan.Sharh: Ibn Qatan johiliyat davridan o‘lib ketgan odam edi.2. Abu Dovudning rivoyatida:«Albatta, Dajjol pakana, maymoq, jingalaksoch va g‘ilay tep-tekis bo‘rtib ham chiqmagan, ichkariga ham kirmagandir. Agar aralash bo‘lgan bo‘lsa, bilingki, Robbingiz g‘ilay emas», deyilgan.Sharh: Shu sifatlaridan uni tanib olaveringlar. Tag‘in uning xudolik da’vo qilayotganiga aldanib qolmanglar.Ustoz birinchi hadisda dajjol barvasta, ya’ni gavdalik, bo‘yi uzun, deyilgan agar men barvasta so‘zini to‘g‘ri tushungan bo‘lsam. 2-hadisda bo‘lsa pakana deyilgan. 1-hadisda dajjolni ko‘zi bo‘rtib turgan uzum donasiga uhshaydi deyilgan. Bundan agar adashmasam dajjolni ko‘zi bo‘rtib chiqqan deb tushunish kerak. 2-hadisda bo‘lsa agar adashmasam ko‘zi tep-tekis,bo‘rtib ham chiqmagan, ichkariga ham kirmagan deyilgan. Ustoz bu dajjol to‘g‘risida aytilgan 2 hadisda uni sifatlari har-hil berilgan, buni qanday tushunish kerak.Javobingiz uchun tashakkur. Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tarjimadagi “barvasta” so‘zini arabchadagi “jasiym” jussador so‘zidandir. Agar buni novcha deb tushunilsa, tarjima noto‘g‘ri bo‘ladi. Jussador odamni semiz deyilsa, pakana odam ham semiz bo‘lishi mumkin.Dajjolning ko‘zi to‘g‘risidagi mulohazaga kelsak, uning ikki ko‘zi ikki xil bo‘lgan. Bir ko‘zi bir hadisda, boshqa ko‘zi ikkinchi hadisda zikr qilingan.
3 May 2022, 20:40 | Savol-javoblar | 122 | Hadislar