Mashinalar turar joyi
Assalomu alaykum! Men Toshkentda ko‘p qavatli binoda yashiyman. Uyimizni oldida kichkina bir bo‘sh maydoncha bor. U maydonchaga odatda mashinalarimizni qo‘yamiz. Lekin ba’zi qo‘shnilarimiz u maydonchada o‘zligi uchun maxsus joy ajratib unga temir to‘siqlar qo‘yib u erdan boshqalani foydalanishidan to‘sishyapti. Afsuski 3-4 kun oldin shu sababdan 4-5 ta qo‘shnilarimiz orasida janjal ham bo‘ldi. Binoda 90 ta xonadon bor. U maydonchaga taxminan 20-25 ta mashina sig‘adi. Shunaqa holatda ba’zi qo‘shnilarimiz o‘zligi uchun joy tanlab, uni to‘sib, boshqalarni foydalanishlari man qilishligi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U er hamma foydalanishi uchun ruxsat berilgan joy hisoblanadi. Hech kim o‘ziniki qilib boshqalarni u joydan foydalanishdan man qilishga haqqi yo‘q. Fodalanuvchilar ko‘p, joy ozligi biri tayin qilib boshqasini mahrum qilishga uzr bo‘lolmaydi. Echim ham bo‘lolmaydi. Janjal o‘rniga boshqa biror echimni qilishlari kerak. Oldindan foydalanib kelayotganlar “Menga kerak emas, meni joyim bor” deyishga haqlari yo‘q. Bu ish albatta noto‘g‘ri.Misrdagi Islomiy tadqiqodlar akademiyasi qoshidagi fatvo hay’atidan omma uchun mo‘ljallangan joylarga temir to‘siq qo‘yib, boshqa mashinalarni u erga to‘xtashidan man qilish haqida so‘ralganda, bu ish nojoiz deb fatvo bergan.Kuvayt fiqh entsiklopediyasida shunday keladi:«Faqihlar jamoat joylari, jumladan, yo‘llar, uy va binolar oldidagi bo‘sh joylar, bozorlardagi o‘rindiqlar, masjid va jome’ kabilar odamlar o‘rtasidagi mushtarak manfaatlar ekaniga ittifoq qilishgan. Odamlar bu va bu kabi manfaatlar borasida barobardirlar. Bu joylardan o‘tish, dam olish, o‘tirish, dars qilish, taom eyish, ichimlik ichish kabi barcha manfaatlar yo‘lida foydalansa bo‘ladi. Bu joylarga birinchi kelib, foydalanishni boshlagan odam u erni bo‘shatguncha unga haqlidir».Ko‘p qavatli binolar oldidagi siz aytayotgan holatdagi joylar ham ana shunday omma foydalanishi uchun mo‘ljallangan joylar bo‘lib, bir kishi undan foydalanishda boshqasidan ko‘ra haqliroq emas. Shu nuqtai nazardan boshqalarni undan foydalanishdan man qilish shar’an joiz emas. Kim u erga birinchi bo‘lib, mashinasini qo‘ysa, u erdan olguncha u odam usha er uchun haqli bo‘ladi. Muboh bo‘lgan narsani o‘ziga xoslab olish g‘asb (tortib olish) bo‘lib, g‘asb esa haromdir. Imom Abu Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyat qilgan hadisda shunday keladi:«Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi«Ey Allohning Rasuli, Minoda sizni quyoshdan to‘sadigan bir bino qursak», dedim. Shunda u zot: «Yo‘q, u erga kim oldin kelib tuyasini cho‘ktirsa, usha haqliroq», dedilar». Joy talashib, janjallashgan qo‘shnilaringiz Allohga taqvo qilishsin. Musulmonlar o‘rtasidagi birodarlik, do‘stlik bu kabi arzimas manfaatlardan qimmatlidir. Shuningdek, bunda qo‘ni qo‘shnichilik munosabatlarining ham buzilishi bor. Holbuki, shariat qo‘ni qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga, qo‘shniga yaxshilik qilishga buyuradi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 20:40 | Savol-javoblar | 181 | Dolzarb savollar