Xotirasi past inson namozni qanday o‘qiydi?

Assalomu alaykum! Buvimlar qariliglari sababli ko‘p narsalar eslaridan chiqib qolyapti. Suralardan tortib namozni qanday o‘qilishligiyu, necha rak’at o‘qish kerakligi eslaridan chiqib qolyapti. Bu narsa davomiy emas, 1-2 oyda bir bo‘layotgan edi. Endi ko‘p bo‘lyapti. Qanday o‘qishni bilmayaptilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bilganicha o‘qiyversinlar. Alloh insonlarni toqatidan ortig‘iga buyurmaydi. Shuning uchun aqli zaiflarga namoz ham farz emas. Unga yaqinlariga o‘z holicha. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 20:40 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar