Payg‘ambarimiz qilgan taloq

Assalamu alaykum! Hafsa onamizni payg‘ambarimiz taloq qilganlari haqida hadis eshitdim. Shu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadis sahih. عَنْ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْه: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ طَلَّقَ حَفْصَةَ ثُمَّ رَاجَعَهَا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Hafsani taloq qildilar, so‘ngra unga raj’at qildilar (qaytdilar)».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Hafsa onamizga u kishini taloq qilganlaridan keyin qaytishlari Alloh taoloning amri ila bo‘lgan. Boshqa rivoyatlarda zikr qilinishicha, Alloh taolo u zotga vahiy yuborib:
«Hafsaga raj’at qil, u ko‘p ro‘za tutuvchi, kechasi ko‘p namoz o‘quvchi ayoldir, u jannatdagi xotiningdir», degan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:54 | Savol-javoblar | 177 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar