Suniy ravishda urug‘(maniy) chiqarish

Assalomu alaykum! Hurmatli aziz ustozlar, savolim jinsiy mavzuga oid avvaldan uzur. Suniy ravishda yoki usullarda urug‘(maniy) chiqarish malumki hozirgi yoshlarning ko‘pchilik qismida bu avj olgan. Shunday qilish o‘z-o‘zini qondirish yoshlarda odat tusiga kirib borayapti. Bu haqida nima deyilgan va bu sog‘lik uchun ham zararmi? Bu masala to‘g‘risida sizlar zikr axli to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsangiz bu yoshlar uchun qo‘llanma bo‘lar edi. Oldindan rahmat Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday kishilarni “Qo‘liga nikohlangan” deyiladi. Undaylarga la’nat bo‘lishi hadislarda kelgan. La’nat – degani, Allohning rahmatidan yiroq bo‘lishdir. Jannat ham Alloh taoloning rahmatidandir. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar