Nammomlar kimlar?
Assalomu alaykum! Bir imom jaxannam xakida maruza kilayotib uning 7 ta eshiklari borligini bir eshigidan yolg‘onchilar boshqasidan zinokorlar yana biridan sudxo‘rlar va biridan nammomlar kirishini aytdi.Savolim nammomlar kimlar? Qolagan eshiklardan kimlar nima sababdan kirishini aytib bersangiz iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular chaqimchilar. Chaqimchilik arab tilida «namiyma» deyilib, lug‘atda bir narsani zohir qilishni bildiradi. Ulamolar chaqimchilikni quyidagicha ta’riflaganlar: Imom Navaviy: «Chaqimchilik buzg‘unchilik yo‘li bilan odamlarning gapini bir-biriga etkazishdir», degan. Chaqimchilik Qur’oni Karimda va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida qoralangan yomon xislatlardan biridir. Alloh taolo: وَلَا تُطِعْ كُلَّ حَلَّافٍ مَّهِينٍهَمَّازٍ مَّشَّاء بِنَمِيمٍمَنَّاعٍ لِّلْخَيْرِ مُعْتَدٍ أَثِيمٍ «Itoat qilma har bir qasamxo‘r, haqirga,.. ayblovchi, chaqimchilik qilib yuruvchiga,.. yaxshilikni man qiluvchi, tajovuzkor, sergunohga» («Qalam» surasi, 10-12-oyatlar). عَنْ هَمَّامٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا مَعَ حُذَيْفَةَ، فَقِيلَ لَهُ: إِنَّ رَجُلًا يَرْفَعُ الْحَدِيثَ إِلَى عُثْمَانَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، فَقَالَ لَهُ حُذَيْفَةُ رَضِي اللهُ عَنْهُ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: لَا يَدْخُلُ الْجَنَّةَ قَتَّاتٌ Hammam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Huzayfa bilan birga edik. Bas, unga: «Bir kishi gapni Usmon roziyallohu anhuga olib borib turadi», deyildi. Shunda Huzayfa roziyallohu anhu unga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Chaqimchi jannatga kirmaydi», deganlarini eshitganman», dedi». Bu hadisi sharifda chaqimchilik naqadar og‘ir gunoh ekani bayon qilinmoqda. Ulamolarimiz: «Chaqimchilikni halol sanagan odam jannatga kirmaydi», deganlar. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: إِنَّ مُحَمَّدًا صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَلَا أُنَبِّئُكُمْ مَا الْعَضْهُ؟ هِيَ النَّمِيمَةُ الْقَالَةُ بَيْنَ النَّاسِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Parchalash nimaligini sizga aytib beraymi? Odamlar orasida «dedi-dedi»lab chaqimchilik qilishdir», dedilar». Muslim rivoyat qilgan. Ha, chaqimchilik so‘yilgan hayvonning a’zolari parchalab bo‘lingani kabi, jamiyat a’zolarini parchalab, bir-biridan ajratib tashlaydi. Chaqimchilik tarqalgan jamiyatda birlik, hamkorlik qolmaydi. Bu esa har qanday jamiyat uchun o‘ta xatarlidir. Hasan Basriy: «Kim senga chaqimchilik qilsa, sening haqingda ham chaqimchilik qiladi», degan. Imom Zahabiy: «Chaqimchilik gunohi kabiradir», degan. Uning haromligiga musulmonlar ijmo’ qilishgan. Chaqimchilik qilishning sabablari: 1. Gapi naql qilinayotgan shaxsga yomonlik etkazish niyati. 2. Gap aytilayotgan odamga yaxshi ko‘rinish. 3. O‘zini o‘zi xursand qilish va boshqalar. Chaqimchilikning zararlari: 1. Chaqimchilik do‘zaxga olib boruvchi yo‘ldir. 2. Chaqimchilik ulfatlar orasida adovat olovini yoqadi. 3. Chaqimchilik ozor, zarar, alam, xusumat va nafratdir. 4. Chaqimchilikning oxiri voydir. 5. Chaqimchilik yaxshiliklarni ketkazadi. 6. Chaqimchilik pastkashlik, qo‘rqoqlik, zaiflik, makr, yaltoqlik va munofiqlikdir. ("Ruhiy tarbiya" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar