Hazrati Umar (ra) qizlarini ko‘mganmilar?

Yaqinda “islom.uz” portalida Abror Muxtor Aliy muallifligi ostida "Umar (r. a) qizini o‘ldirganmi?" maqolasini o‘qidik. Unda muallif hazrati Umar (r.a) ning o‘z qizlarini o‘ldirganliklari haqidagi rivoyatni mashhur "sahih" to‘plamlari, sunan kitoblarining va mashhur siyrat va tarix kitoblarining hech birida uchratmasligimizni, bu rivoyatni asosan shia rofiziylari kitoblarida uchratishimizni aytgan va ulamolarning rofiziylar xaqida aytgan gaplarini keltirib, bu rivoyatning sanadi yo‘qligini aytgan. Biz Umar (r.a) haqlarida qaysi kitoblarni o‘qimaylik, qizlarini ko‘mganliklarini o‘qiymiz. Haqiqatan ham Abror Muxtor Aliy yozgan maqolaga ishonsak bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Abror Muxtor Aliy e’tiborli ulamolardan.

21 Aprel 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar