Topayotgan pulim harommi?

Assalomu alaykum! Men xorijda restoranda ishlayman. Restoranimizda xohlaganlar uchun alkogol (spirt) mahsulotlari ham sotiladi. Lekin men ularga qo‘limni uchini ham tekkizmayman, deyarli restoran ichiga ham kirmayman. Meni ishim tashqarida mehmonlarni kulib, shirin so‘z bilan kutib olish, kuzatib qo‘yish va restoranimizda kelgan mehmonlarni sonini hisobga olib, yozib qo‘yish. Ba’zilar baribir spirtli ichimliklar aralashgani uchun topayotgan puling harom deyapti. O‘zimning ham gumonim bor. Meni topayotgan pulim, restorandan olayotgan oyligim harommi? Javob uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Harom deyolmaymiz. Qalbingizga quloq soling. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 21:27 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar