Telegrammdan pul ishlash
Assalomu alaykum! Yaqinda bir tanishim telegram orqali bir ssilka tashladi va "startni bosib yuboring" deb yozdi. Bu telegram boti bo‘lib unda pul ishlash mumkin ekan. Bu bot orqali kimgadur tavsiya qilsa, biron bir gruppaga qo‘shilsa, yana bir nimadur qilsa pul berar ekan. Shar’iy tomondan behayo tarafini yoki xarom tarafini ko‘rmadim. Ammo shunday bo‘lganda ham shunaqa yo‘l bilan pul ishlasak shariat bunga nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunoh va axloqsizlikka targ‘ib qiluvchi narsalar bo‘lmasa, uni xolis targ‘ib qilishga monelik yo‘q. Guvohlik degan narsa bor. Shariatimizda kimgadir guvohlik berish o‘ta og‘ir mas’uliyatni taqozo qiladi. Siz arzimas bir tugmachani bosib qo‘yish deb aytgan ish, o‘sha kimsa yoki narsaga guvohlik berish hisoblanadi. O‘zingiz bilmasdan turib pul uchun guvohlik berish to‘g‘ri emas. Sizga bir misol keltirsak, hayotda ba’zilar “Shu qiz ham erli bo‘lsin” deb kuyov tomondan surishtirib kelganlarga “yaxshi” degan bahoni berishadi. Niyatlari ham yaxshi bo‘ladi. Aslida esa bir insonni taqdiri hal qilingan bo‘ladi. Kuyov tomon o‘sha bir guvohlik tufayli bir umr azob chekishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa yolg‘on guvohlik bo‘lib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yolg‘on guvolik to‘g‘risida عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: اجْتَنِبُوا السَّبْعَ الْمُوبِقَاتِ، قَالُوا: وَمَا هُنَّ يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: الشِّرْكُ بِاللهِ، وَالسِّحْرُ، وَقَتْلُ النَّفْسِ الَّتِي حَرَّمَ اللهُ إِلَّا بِالْحَقِّ، وَأَكْلُ الرِّبَا، وَأَكْلُ مَالِ الْيَتِيمِ، وَالتَّوَلِّي يَوْمَ الزَّحْفِ، وَقَذْفُ الْمُحْصَنَاتِ الْمُؤْمِنَاتِ الْغَافِلَاتِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ وَلَفْظُ التِّرْمِذِيِّ: الْكَبَائِرُ: الشِّرْكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَقَوْلُ الزُّورِ. وَزَادَ فِي رِوَايَةٍ: وَالْيَمِينُ الْغَمُوسُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Etti halok qiluvchi narsadan chetda bo‘lingiz!» dedilar.
«Yo Allohning Rasuli, ular nedir?» deyishdi.
«Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh harom qilgan jonni nohaqdan o‘ldirish, riboxo‘rlik qilish, etimning molini eyish, urush kuni ortga qarab qochish, mo‘mina, g‘ofila, afiyfa ayollarga bo‘hton toshi otish», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Termiziyning rivoyatida:
«Kabiralar – Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish, yolg‘on gapirishdir», deyilgan.
Boshqa bir rivoyatda:
«Yolg‘on qasam» ham ziyoda qilingan.
Sharh: Shar’iy istilohda katta gunohlar «kabira» deyiladi. Ana shu kabira gunohlar qaysi gunohlar ekanligi haqida ko‘plab hadisi shariflar bor. Bu hadislar turli munosabatlarda kelganligi uchun, maqomiga qarab aytilgan. Ushbu masalada ulamolarimiz ham anchagina bahslar yuritishgan.
Ulardan ba’zilari «Gunohi kabira – uni qilgan odamga Qur’on yoki hadisda do‘zaxga kirish tayin qilingan gunohlardir», deydilar.
Ikkinchilari «Shariatda hadni joriy etishni taqazo qilgan gunohlar gunohi kabiradir», deydilar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
3 May 2022, 22:27 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat