Erim bilan oldin inoq edik
Assalomu alaykum! Erim bilan oramiz uzoqlashib ko‘p urishib qolyapmiz deyarli xar kuni bir birimizdan sovib ketyapmiz. Oldin inoq edik xozir unday emas. Maslaxat berin nima qilay qaysi duoni o‘qiy?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Duo bilan ish bitganida edi, hamma duo qilib yuraverar edi.
Bir ayol erining ustidan shikoyat qilib, bir ahli ilmning oldiga kelibdi. Shunda masalani yaxshilab eshitgan ilmli kishi, bir idishda suv berib “buni, qachon eringiz bilan janjal boshlanganida og‘zingizga olib, yutmang ham, chiqarib ham yubormang. In shaa Alloh tez orada janjallashmay qolasizlar” debdi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach o‘sha ayol minnatdorchilik bildirgani kelib, oilada janjallar butkul to‘xtaganini aytibdi. Shunda olimning shogirdlari “Ustoz suvga nima o‘qib dam solgan edingiz. Kelajakda shunday holatga tushsak, biz ham qo‘llaymiz” deganida, “Men hech narsa o‘qimadim, e’tibor berib qarasam janjalning sababi ayolning tilidan ekan. Shunga sukut saqlasin deb shu usulni qo‘lladim” degan ekan. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush