quran haqida

Qori aka!Qorilarning odobi haqida nimalarga e‘tibor berish kerak anashu haqida ma‘lumot bering iltimos! Kunlik takrorni qanchadan o‘qib yurish kerak meyori nechi pora.Qori aka Parvardigor siz-u bizlarni ikki dunyoda saodatmand qilsin. Qiyomatgacha zurriyodlaringizdan qorilar bardavom bo‘lishligini nasib-u ro‘zi aylasin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Bismillaahir Rohmaanir Rohiim.Va alaykum assalom. Qur’on odoblari haqida Qur’on.uz saytining "Qur’oni Karim" bo‘limida etarli ma’lumotlar bor.Qur’onni takrorlab turishga kelsak, har bir musulmon kishi eng uzog‘i bir oyda bir bora xatm qilib turishi kerak, undan kami makruh hisoblanadi. Qorilar esa bu borada ko‘proq harakt qilishlari lozim. Eng mashhur uslub salafi solihlarning uslubi bo‘lib, bir haftada bir bora xatm qilishdir. Bu xatmni "Famyab shavqin" deb ataladi. "Fa" – "Fotiha", "M" – "Moida", "Ya" – "Yunus", "B" – "Bani Isroil", ya’ni "Isro", "Sha" – "Shu’aro", "V" – "Vassooffaat", "Q" – "Qof" va "N" – "Naas" surasidan ramz hisoblanadi. Bunda qori ko‘rsatilgan suralarning oralig‘ini bir kunlik vazifa qilib oladi. Xatmni juma boshlab, payshanba tugatish yaxshi sanaladi.Agar bir haftada bir xatm qilishga kuchi etmasa, o‘n kunda yoki ikki haftada bir etkazish ham mumkin. Eng muhimi, har bir qori Qur’onni doimo yodda turishini ta’minlab turishi lozim. Vallohu a’lam.

3 May 2022, 22:27 | Savol-javoblar | 144 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar