Tutib olingan baliq hukmi

Assalomu alaykum! Uyimiz oldidan ariq oqib o‘tadi. Ariq esa baliq boqiladigan ferma (rыbxoz) xovuzidan oqib o‘tadi. Qandaydir sabab bilan ferma xovuzidagi to‘siq buzilib ketib, boqilayotgan baliqlarning qanchasidir ariqqa oqib ketdi va tabiiyki, bizning uyimiz oldidan ham o‘tdi shu baliqlar. Ulardan bir qanchasini tutib olib, o‘zlashtirdik, lekin bilar edik bu baliqlar fermaga tegishliligini. O‘sha paytda "ferma egasi baribir bu baliqlarni qaytarib olib keta olmaydi, yo‘qotgan baliqlariga rozi bo‘lib yuborgan" degan tushuncha bilan shu ishni qilgan edik. Endi bu ishimiz katta ehtimol bilan hato ekanligini tushunib etdik. Agar biz, deylik, 15 ta baliq tutib, o‘zlashtirgan bo‘lsak, bugun bozordagi narx bo‘yicha pulini olib borib bersak, baliq egasining haqqini ado qilgan bo‘lamizmi? Bizning bu holatimiz huddi ko‘chadan hamyon topib olgan va egasining kimligini bilib turib, qaytib bermagan odamniki bilan bir xildami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri tushunchaga boribsiz. Haqqini ado qiling. Bozordagi narxini bering. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 23:21 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar