Qabrni siqishidan panox so‘rash

Assalomu alaykum! Qabrni bir siqib qo‘yib yuborishi bor ekan, shundan panox so‘rab duo qilsa bo‘ladimi? Yoki bu narsani surab duo qilish noto‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz so‘rashda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nimani so‘ragan bo‘lsalar o‘shani so‘rashimiz kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrning azobidan panoh so‘raganlar, alohida qabrni siqishidan panoh so‘ramaganlar. Hadiyja onamiz haqlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni haqqini ado qilish uchun qo‘llari bilan qabrni siqishini to‘xtaganlari haqida rivoyat bor. عن ابن عمر رضي الله عنهما أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال عن سعد بن معاذ رضي الله عنه حين توفي : هَذَا الَّذِي تَحَرَّكَ لَهُ الْعَرْشُ وَفُتِحَتْ لَهُ أَبْوَابُ السَّمَاءِ وَشَهِدَهُ سَبْعُونَ أَلْفًا مِنْ الْمَلَائِكَةِ لَقَدْ ضُمَّ ضَمَّةً ثُمَّ فُرِّجَ عَنْهُ رواه النسائي Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi : Sa’ad ibn Mu’oz roziyallohu anhu vafot topganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u haqida “Buni deb arsh larzaga keldi, u uchun osmon darvozalari ochildi, janozasiga farishtalardan etmish mingtasi hozir bo‘ldi. Shunday bo‘lsa ham qabrda uni bir siqilib so‘ng qo‘yib yuborildi” deganlar. Nasoiy rivoyati. قال أبو القاسم السعدي رحمه الله: لا ينجو من ضغطة القبر صالح ولا طالح غير أن الفرق بين المسلم والكافر فيها دوام الضغط للكافر وحصول هذه الحالة للمؤمن في أول نزوله إلى قبره ثم يعود إلى الانفساح له " انتهى Abul Qosim Sa’diy rahmatullohi alayh aytadilar: “Qabrning siqishidan solih ham tolih(fosiq-fojir) ham najot topmaydi. Musulmon bilan kofir o‘rtasidagi farq shuki, kofir uchun qabrning siqishi davomli bo‘ladi. Mo‘min uchun esa bu holat birinchi bor qabrga qo‘yilganida bo‘lib, so‘ng undan siqish ketadi”. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 176 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar