Erkaklar kiyimi
Assalomu alaykum! Bilamizki, ayollar kiyimi borasda ko‘p manbalarda kelgan, qanday bo‘lishi kerakligi borasida. Hozir bu haqida erkaklar, o‘g‘il bollarga ham o‘rgatishga to‘g‘ri kelyapti. Ularni ham qanday kiyinishlari borasida. Hozirda bu mavzu ham dolzarb bo‘lib qoldi deb o‘ylayman. Misol uchun erkaklarni tor shim kiyib yurishi? rang-barang gulli huddi qizlarni kiyimidek turli(rubashka, futbolkalar) kiyib yurishi juda yoqimsiz. Erkaklarga xos deb o‘ylamayman. Savolim shundan iboratki, Erkak kishini kiyinish borasida biror bir manbada kelganmi? Kelmagan bo‘lsa, Dinimiz bunga qanday qaraydi? O‘zlaringiz o‘g‘il bollalarga to‘g‘ri yo‘nalish bering iltmos bilmaganlar bilib olsin deyman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Erkaklar kiyimlarida ham ikki narsa shart. Avrat qismidagi joylari ichi ko‘rinadigan darajada shaffof bo‘lmasligi hamda avrat a’zolarni bo‘rttirib turadigan darajada tor bo‘lmasligi. Rangi, shakli shamoili haqida esa عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرَّجُلَ يَلْبَسُ لِبْسَةَ الْمَرْأَةِ، وَالْمَرْأَةَ تَلْبَسُ لِبْسَةَ الرَّجُلِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. وَلِأَبِي دَاوُدَ وَالطَّبَرَانِيِّ: مَنْ تَشَبَّهَ بِقَوْمٍ فَهُوَ مِنْهُمْ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollarga o‘xshab libos kiygan erkakni va erkaklarga o‘xshab libos kiygan ayolni la’natladilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Abu Dovud va Tabaroniy qilgan rivoyatda:
«Kim bir qavmga taqlid qilsa, u o‘shalardandir», deyilgan.
Sharh: O‘z qavmi, o‘z dini va urf-odati turib, boshqalarning turmush tarzini, kiyinish va hayotdagi boshqa narsalarini ustun qo‘yib, jon-jahdi bilan ularga o‘xshashga harakat qilish odamga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. O‘sha odam «har kimga niyatiga yarasha» qoidasiga binoan o‘zi taqlid qilgan qavmdan bo‘ladi. Kofirlarga o‘xshashni orzu qilib uringan bo‘lsa, kofirlardan bo‘ladi. Fojirlarga o‘xshashga harakat qilgan bo‘lsa, fojir bo‘ladi va hokazo...
Islom ummati Alloh taolo yuborgan ta’limotlarning eng mukammaliga, har bir zamon va har bir makonga munosib ta’limotga ravo ko‘rilgan ummatdir. Alloh taolo bu ummatni boshqa barcha ummatlar ustidan shohid qilib qo‘ygandir. Alloh taolo bu ummatga har bir narsada o‘ziga xoslikni berib qo‘ygandir. Shuning uchun ham bu ummatga o‘zidan boshqalarga o‘xshashga harakat qilish, o‘ziga Alloh taolo osmondan tushirib bergan narsani qo‘yib, boshqa millatlar erdan chiqargan narsalarga havas qilish mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.
Ushbu rivoyatning «Libos kitobi»da kelishi ham bejiz emas. Ko‘rib turibmizki, bunda faqat kiyim haqida emas, balki umuman tashqi qiyofani qanday tutish kerakligi haqida ham so‘z ketmoqda. Soqol-mo‘ylabni qanday qo‘yishdan tortib harom tuklarni qirishgacha, ulama sochdan tortib, tirnoqni olishgacha so‘z yuritilmoqda. Demak, tashqi qiyofa madaniyatida ham har kim o‘zligini unutmasligi kerak. Erkak kishi erkakligini, ayol kishi ayolligini. Musulmon musulmonligini.
Erkaklar ayollarni boshqalardan ajratib turadigan, ularning ayolligini bildiruvchi belgi, alomat bo‘lgan kiyimlarni kiymasligi, ayollarga xos bo‘lgan tashqi qiyofa madaniyatini o‘ziga ravo ko‘rmasligi kerak.
Xuddi shuningdek, musulmonlar boshqa millatlarga xos bo‘lgan, ularni musulmonlardan ajratib turadigan narsalarda ularga taqlid qilmasliklari lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
3 May 2022, 23:31 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar