Niyat ro‘zasi

Assalomu alaykum! Men qizim o‘qishga kirsa bir yil ro‘za tutishni niyat qiluvdim. Ro‘za tutish tartibi va niyati qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lib tutishni niyat qilmagan bo‘lsangiz uzluksiz bir yil tutib berasiz. “Nazr qilish” bilan.
Bir kishi bir kunmi yoki bir oymi, Alloh taolo uchun ro‘za tutishni nazr qilsa, unga o‘sha ro‘zani tutib berish vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:16 | Savol-javoblar | 131 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar