Isloh qilib beringlar

Assalomu alaykum! Bizda bir ixtilofli masala bo‘lmoqda. Shuni isloh qilib bersangizlar. Bizni shaxarda Unique finanse degan birja o‘yiniga a’zo bo‘lish taqvodor namozxonlar o‘rtasida ommalashib bormoqda. A’zo bo‘lganlar ichida biz nihoyatda xurmat qiladigan, muxlislari juda ko‘p bo‘lgan shaxrimiz imomi, qori aka ukalarimiz, ko‘plab musulmon birodarlarimiz bor. Ushbu saytda bu faoliyat turiga (unique finanse) sudxo‘rlik deb javob berilgan ekan. Buni biz imom domlamizga ko‘rsatdik. Lekin domla u boshqaligi, ya’ni domla a’zo bo‘lgan birja aniq halol ekanligini ta’kidlab o‘tmoqdalar. Domlamizni ishi noto‘g‘riligini boshqa shaxarning etuk imomi xam aytib o‘tgan ekanlar. Shunga sizlardan iltimos. O‘rganishlaringiz natijasini batafsilroq yoritib bersangizlar. Aynan unique finanse faoliyat turini. Yoki buni ichida qandaydir halol savdo yo‘nalishi ham bo‘lishi mumkinmi? Domlamiz shunga asoslanyaptimi. Agar bu ish rostdan ham piramida asosiga qurilgan bo‘lsa albatta bir kun qulaydi. Lekin katta jamoat pul tikyapti. Oz pul ham emas. Biz imom domlamizni va barcha ahli ilmlarni qattiq xurmat qilamiz. Bizni domlaga dalil topib tushuntirishga ilmimiz etmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shak-shubhasiz joiz emas. U ham ayni piramida shaklidagi faoliyat. Bizni odamlar qiziq, eng ziyoli deganlarimiz ham bilib turib Ahmadboy deganiga pul berishdiku. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 21:35 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar