Olimlar vaqtni taqsimlashi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, odam bir kunda eng kamida yoki o‘rtacha qancha uxlashi mumkin? Masjidlarda katta katta olimlarni kechalari bilan uxlamay Qur’on va namoz o‘qib chiqishgan deb eshitib qolamiz. O‘shalar bir kunda necha soat uxlab necha soat ibodat qilishgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh alayhis salom kechasi uxlaganlar ham, turib ibodat ham qilganlar. Alloh ibodatga mashg‘ul bo‘lgan muqarrab insonlarni 5-6 daqiqa, uzoqqa borsa bir soatli uyqu bilan uyquga to‘yadigan barakani berib qo‘yadi. Bu sahobalarda yaqqol namoyon bo‘lar edi. ثُمَّ أَنزَلَ عَلَيْكُم مِّن بَعْدِ الْغَمِّ أَمَنَةً نُّعَاسًا يَغْشَى طَآئِفَةً مِّنكُمْ 154. «So‘ngra g‘amdan keyin sizdan bir toifani qamrab olgan mudroqni omonlik qilib tushirdi».
Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi Anas roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Tolha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu: «Uhud kuni safda turganimizda bizni mudroq qamrab oldi. Qilichim qo‘limdan tushib keta boshladi, qaytarib oldim. Yana tushsa, yana qaytarib olar edim», – deydilar.
«Boshimni ko‘tarib, qarasam, – deydilar boshqa bir rivoyatda, – hammaning boshi ko‘ksiga egilib turibdi». (Oli Imron surasi).
Haqiqatdan, mudroq xuddi mo‘’jizadek narsa. Charchab, hech qanday harakatga yaramay qolgan odam ham bir oz mudrab olsa, hech narsa ko‘rmagandek bo‘lib ketaveradi. Musulmonlar Uhud urushida engilib, qocha boshlaganlarida, Alloh taolo ularga mudroqni omonlik qilib yuborib, katta falokatdan – butunlay tor-mor bo‘lishdan saqlab qoldi. Bir oz mudrab, so‘ng o‘ziga kelgan musulmonlar Nabiy alayhissalomning atroflarida to‘planishdi va tog‘ning balandroq, qulayroq joyiga chiqib, joylashishdi. Buni ko‘rgan mushriklar oxirigacha hujum qilishga yuraklari dov bermay, ortga qaytdilar.
Siz aytgan uzunasiga bo‘lgan o‘lchov, uyquni eni ham bo‘ladi. Bu uning barakasidir. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 00:24 | Savol-javoblar | 149 | Ibodatlar