Uy olish uchun to‘plagan puldan zakot

Assalomu alaykum! Ustozlar, yoshim 25da uylanmaganman. Hozirda Rossiyada ishlayman. Ota-onam ajrashishgani sababli onam uchun yashagani uy yo‘q, hozirda kvartira olish uchun pul to‘playabman. Nisobga etganiga bir yilcha bo‘lib qoldi. Onamning taminotlarini ham qilaman. Menga ham zakot berish farz bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizga zakot farz bo‘ladi. O‘sha bir yil to‘lishi bilan zakotni ado qilishingiz farz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 161 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar