O‘g‘irlagan narsani qaytarish

Assalomu alaykum ustoz o‘g‘irlangan narsani misol uchun tirik 2-bosh molni balkim undan ko‘proqdur. O‘sha mollarni o‘g‘irlagan inson, qilgan ayblariga tavba qilib, o‘g‘irlagan mollarini o‘z egalariga qaytarsa yoki pulini, o‘sha insoni gunohlari kechirilib qo‘li kesilmaydimi. Qo‘li kesilmay gunohlari kechirilsa u ojiz inson qanday qilib mollarni yoki pulni qaytars abo‘ladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘g‘rilik qilgan odam qo‘lga tushishidan oldin, molni egasiga qaytarib, tavba qilsa, qo‘li kesilmaydi. Mol yoki uning pulini vaziyatga qarab, o‘zi yoki birov orqali egasiga qaytarsa bo‘ladi. Tavba qilib, chin dildan nadomat qilib, bu ishni qayta qilmasa, Alloh taolo kechirishidan umidvor bo‘linadi.

4 May 2022, 00:24 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar