Namozni o‘z vaqtida o‘qishlik
Assalomu alaykum hurmatli Ustoz! Sizga savolimiz shunday: biz chet davlatda ishlaymiz. Allohga hamdlar bo‘lsin, masjid yonimizda bor. Ilmlik odam bo‘lmaganligi uchun bir arab odami Jum‘a namoziga imomlikka o‘tib beryapti. Bizning shaharda Jum‘a namozi vaqti 13:25. lekin hozirgi imom bir necha takror ogohlantirishimizga qaramay, namozni o‘z vaqtida o‘qimayapti, Ba‘zi vaqtda 13:40, ba‘zida esa 13:50da boshlayapti Jum‘a namozini. U vaqtga qadar faqat mav‘iza qilyapti. Namoz vaqtiga esa e‘tibor bermayapti. Namozni o‘z vaqtida o‘qiy olmayotganligimiz uchun qalbimiz ozor chekyapti. Shuning uchun namozni o‘z vaqtida o‘qishlik haqida Rasululloh S.A.Vning sahih hadislari bormi? Bo‘lsa iltimos bizga arabcha matnda va o‘zbekcha matnda yozib yuborsangiz. Chunki u hozirgi imom arab millatidagi odam. Javobingiz uchun oldindan rahmat!Alloh sizdan va barchamizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Juma namozining vaqti Asrning vaqti kirguncha davom etaveradi. Namozlarningiz to‘g‘ri. hech xijolat bo‘lmanglar.
4 May 2022, 00:35 | Savol-javoblar | 156 | Namoz