Namoz qiroatidagi xato

Assalomu alaykum! Namozda Fotiha surasining oxiridagi "valazzoooolliyn." qismida "o" emas "a" deb qiroat qilsa, namoz buziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda hammaning qo‘lida telefon. Yuzlab qorilarning tilovati, yuzlab qorilarning harflarning maxrajlari to‘g‘risidagi darslari bisyor. Mo‘min kishi internetda ko‘radigan qiziqarli narsalarini mingdan birini ajratsa buni ham ilmini bilib oladi. Shunday qilaylik. Farzand va oilamizga bir daqiqalik madrasani tashkil qilaylik. Unda tahorat, namozdan bir kunda bittadan masalani o‘rganishni joriy qilaylik. Shunda ota-onani nomai amoliga o‘zlari o‘qigan hamda oilasidagilar o‘qigan namozlarning savoblari tenma teng yozilib turadi. Bir kishi o‘g‘liga sunnatga muvofiq tahorat qilishni o‘rgatib qo‘ysa, o‘sha farzand vafot topgunicha necha bor tahorat qilsa har bir qilgan tahoratidan o‘rgatgan otasiga savob borib turadi. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik kerak. Bu qo‘lidagi miliardni birovga o‘g‘irlatib yuborgandan ko‘ra achinarliroq. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:31 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar