Otin oyini taloq haqidagi gapi to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum! Bir yilcha avval ayolim bilan urushib qolgandim. Ayolim talog‘imni bering deb turib oldi. Bermadim, yana so‘rayverdi, oxiri “qo‘ydim” deb qo‘ydim. Oradan ancha vaqt o‘tdi. Keyin yarashib oldik, endi nikox o‘qitib olishimiz kerak desam ayolim “men otinchadan so‘radim”, u kishi “2ta farzandingiz bor ekan, taloq tushmaydi” debdi. Hozir ayolim xomilador, oraga taloqk tushganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otincha sohta ekan. Taloq so‘rab turganda “Qo‘ydim” deyish taloq hisoblanadi. Agar avval ikki taloq bo‘lmagan bo‘lsa nikoh o‘qitib olinglar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:25 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar