Qandli diabet kishining ro‘zasi

Assalomu alaykum! 10 yil oldin qandli diabet kasalligiga chalinganman. O‘sha paytlar ro‘za tuta olmasdim va tuzalishga umid yo‘qligi sababli fidya berar edim. Allohni marxamati bilan bu yildan xolatim yaxshilanib, shifokorlarni qarshiligiga qaramasdan ro‘za tuta boshladim va uddalayapman. Endi agar yaxshi tutib ketsam, oldingi yillardagi tutaolmaganlarim va fidya bergan kunlarimni xukmi qanday bo‘ladi? 2. Bazi odamlar "Allohni senga bergan engilligi bor, undan foydalanmasang qaxri keladi, ro‘za tutish senga majburiy emas" deyishyapti. Kasalligimga qaramasdan ro‘za tutaversam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qishning qisqa kunlarida tutishga harkat qilasiz. 2). Joningizga zarar etish yoki etmasligiga bog‘liq. Buni siz bilasiz. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 00:35 | Savol-javoblar | 169 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar