Iltimosim

Hurmatli Shayx hazratlari, kelayotgan qurbon hayit bayramimiz bilan chin qalbdan muborakbod etaman! ! ! Bizlarga din yo‘lida qilayotgan xizmatlaringizga Allohim ulkan ajrlar bersin ! ! ! Hazrat ozroq qimmatli vaqtingizni olaman, ma’zur tutasiz! Avvalgi savollarimda ham ko‘p bor ta’kidlaganimdek, men Islom universitetida o‘qiyman, o‘qish davomida men o‘zim xohlagandek ilm ololmayapman, bunga qalbimdagi botiniy marazliklarim sabab bo‘lyapti, deb o‘ylayman, bundan tashqari kursdoshlarim bilan ko‘p hazillashib, kulishamiz, shu paytda o‘zimni chegaradan chiqayotganligimni, qalbim "o‘layotganligini" sezamanu, lekin bunga qarshi turolmayman, niyatim esa Alloh yo’lida ilm o‘rganib kelajakda jamiyatga, hali Islom nima ekanligini tushinmayotgan oilamga, kelajakda Insha Alloh farzandlarimga manfaat berish, bundan tashqari yaqin orada bir masala hal bo‘lsa, uylanishim mumkin, agar uylanadigan bo‘lsam, o‘zim bu ahvolda bo‘lsam, ertaga qanday qilib farzandni to‘g‘ri tarbiya qilaman, qanday qilib er-xotin munosabatlarini to‘g‘ri yo’lga qo‘yaman deb ko‘p o‘ylanaman. . . Tasavvufning mohiyatini ozroq tushunganimdan keyin, shu yo’l bilan davolanmoqchi bo‘ldim, bunda siz menga yo‘l ko‘rsatsangiz deb o‘yladim, to‘g‘ri kitoblardan o‘qib ham amal qilish mumkin, lekin men buni qila olmayapman, shu uchun qabul kunlaringizda huzuringizga har zamonda borib tursamda, botiniy kasalliklarimga qarshi davo olib tursam, degandim. . . . Hazrat menga roziligingiz kerak, Alloh yo’lida iltimos, qildim, menga yordam bering ! ! !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Salomat bo‘ling!

4 May 2022, 00:45 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar