Taloq aytganini xotini eshitishi

Assalomu alaykum! Ancha yil oldin bir bevani o‘z nikoximga olgandim. 5 yilcha yashagach, u to‘satdan uyimga kelmang siz bilan yashamayman dedi. Jaxl ustida aytgandir deb ikki-uch kundan keyin borsam xaydab soldi. Shundan beri ko‘rishmadik. Yaqinda nikoximizda guvox bo‘lgan do‘stim menga uni talog‘ini bermadingmi, senga gunoxku deb qoldi. O‘zi so‘ramasa xam xaydalgan uyimga borib taloq berishim shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Borishingiz shart emas. Taloq qo‘ydim degan so‘z og‘zingizdan chiqsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 13:03 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar