Salam savdosimi?

Assalomu alaykum! Man savdo bilan shug‘ullanaman. Firmamizga biror tovarga mijozdan buyurtma tushadi lekin tovarlar o‘zimizda bo‘lmaydi. Ya’ni oladigan joyimizdan tovar xaqida malumot olib keyin mijozga tushuntirish beramiz maxsulot xaqida ma’lumot beramiz. Uning sifati, rangi, o‘lchovi va qachon olib ketishi mumkinligi, mijozga MAKUL KELSA BIZGA PUL TOLAYDI VA BIZ TOVARNI SOTIB olamiz mijozga topshiramiz. Xullas bizda emas boshqa do‘konlarda mavjud bo‘lgan tovarlarni oldindan pulini olib keyin tovarni mijozga taqdim etamiz. Bu ishimiz salam savdosi xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xaridorlar sizda asli mol yo‘qligini, siz o‘rtkashligingizni bilishadimi? Agar bilishsa joiz va u salam savdosiga tushadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Huzuringda bo‘lmagan narsani sotma” deganlar. Salam savdosini qiluvchilar esa o‘zining huzurida bor-yo‘qligiga qaramaydi. Menga etkazib bersang bo‘ldi – deb savdo qilishadi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 00:45 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar