Ota noroziligi

Assalomu alaykum! 2 yoshu 5 oylik qizim shamollab qoldi. Otam davo bo‘ladi deb it go‘shidan sho‘rva bermoqchi bo‘ldi. Man bu haromligini aytib buni bermasligini aytdim. Otamni qattiq jahli chiqdi va bundan keyin man bilan maslahatlashmagin, mani otam demagin, otam o‘lgan deb hisoblagin dedi. Astag‘firulloh man otamga oq bo‘b qolmadimmi? Juda qattiq qo‘ryapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oq bo‘lmaysiz. Boshqa halol dorilar turganida it go‘shtini bermaslik kerak. It go‘shtini eb katta bo‘lganlar ota-onalarini itdek “tishlayotgan”larini ko‘rib turibmiz. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 01:01 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar